![](/uploads/2025/02/10/img_10022025_051709.jpg)
Giyohvandlikka yoʼq deymiz
Giyohvandlik yoshlar va xususan, voyaga yetmaganlar, shuningdek, ayollar orasida keng tarqalib borayotganligi uning xavfliligini yanada oshib borayotganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, giyohvandlikka qarshi kurash davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi bo‘lmasdan, balki unga barcha birdek mas’ul bo‘lmog‘i lozim. Qarshi davlat universitetida "Giyohvandlikka yoʼq deymiz" mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi ma’sul xodimi J.Rahmonov, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Narkomaniya boʼlimi boshligʻi, podpolkovnik L.Mirzayev, viloyat Narkologiya dispanseri vrach-narkologi B.Rahimovning mavzu yuzasidan maʼruzasi tinglandi. Muloqot davomida tadbir mehmonlari tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida videofilm namoyish etildi.