Yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish - kun tartibidagi muhim masala
Qarshi davlat universitetida “Yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish - kun tartibidagi muhim masala” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Kuziyev, Ijtimoiy va ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari ishtirok etdi.
Muloqotda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashaydigan talabalar bilan uzviy aloqa, ularning kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, davomat ko‘rsatkichlari, tyutorlarning mehnat va ijro intizomi hamda xavfsiz hudud – xavfsiz talaba tamoyili doirasida universitetda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.
Shuningdek, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati har tomonlama chuqur tushuntirilib, terrorizm va diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy madaniyat" va shu kabi turli tahdidlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilildi. Yig‘ilish davomida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga ish faoliyatida qo‘llash uchun “Ta'lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari” bo'yicha uslubiy qo'llanma tarqatildi.