ISHGA TAKLIF

7-Dekabr 2024, 04:40
E’lonlar

Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra professori, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

Amaliy matematika (1), Nazariy va eksperimental fizika (2),  Psixologiya (1), O‘zbek tilshunosligi (1), Agrokimyo va ekologiya (1) Fiziologiya (1), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), Umumiy  fizika kafedrasi (1),  kafedrasi professori lavozimiga; 

Geografiya (2), Rus tili va adabiyoti (1), Jahon tarixi (1), Texnologik ta’lim (3), Psixologiya (2), O‘zbekiston tarixi (1), O‘zbek tilshunosligi (1), Sanoat muhandisligi (2), Mikrobiologiya va  biotexnologiya (2), Algoritimlar va dasturlash texnologiyalari (1),  Organik kimyo (1), Fiziologiya (1), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari (1), Algebra va geometriya (1), Musiqa ta’limi (1) kafedralari dotsenti lavozimiga; 

Boshlang‘ich ta’lim  (1), O‘zbek tili va adabiyoti (1), Turizim va marketing (1), Agrokimyo va ekologiya (1) kafedralari (ilmiy darajali) katta o‘qituvchisi lavozimiga; 

Musiqa ta’limi (1), Iqtisodiyot (1) Amaliy ingliz tili (1),  Rus tili va adabiyoti (1), Agrokimyo va ekologiya (1), Turizim va marketing (1) kafedralari katta o‘qituvchisi lavozimiga; 

Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), Rus tili va adabiyoti (1), Amaliy matematika (1), Psixologiya (1), Sanoat muhandisligi (1), Lingvistika (1),  Rang-tasvir va amaliy san’at (1), Fiziologiya (1), Ingliz tili va adabiyoti  (1), kafedralari o‘qituvchi-assistent lavozimiga. 

Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), Davolash va pediateriya ishi (7), kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga. 

Lavozim uchun malakaviy talablar:

1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari; 

2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;

3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;

2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;

3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;

4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);

5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. 

Telefon: (75) 221-02-10,  221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz 

 

Teglar: #ISHGA TAKLIF