QarDU o‘qituvchisi respublika turnirida sovrindor bo‘ldi
19-Noyabr 2024, 05:18
Universitet yangiliklari
13-17-noyabr kunlari Toshkent shahrining "Universal" sport majmuasida "Kurash haftaligi" bo‘lib o‘tmoqda. Haftalik doirasida 46-55 yoshli faxriy kurashchilar o‘rtasida respublika turniri o‘tkazildi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan 8 ta vazn toifasida 80 dan ortiq ishtirokchilar jam bo‘ldi. Quvonarlisi, 85 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda universitet Sport klubi rais o‘rinbosari, Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi Dilshod Soatov bronza medalni qo‘lga kiritdi. Hamkasbimizni ushbu yutuq bilan chin dildan qutlaymiz!