Kuch-g‘ayrat, shijoat va mahorat musobaqasi
14-Yanvar 2025, 09:15
Universitet yangiliklari
14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari o'rtasida “Amir Temur vorislari” mavzusida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Sport tadbiriga mehmon sifatida O'zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti kursantlari taklif etildi.
Qiziqarli tarzda kechgan musobaqada qatnashchilar arqon tortish (jamoaviy), tosh ko‘tarish (yakka tartibda), turnikka tortilish (yakka tartibda) va to'ldirma to'p uloqtirish (yakka tartibda) shartlari bo‘yicha bellashishdi. Bahslar yakunida faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar tashakkurnoma, darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.