16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”

19-noyabr 2024
Universitet yangiliklari

Ma’lumki, 16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi, haftalik vatanimizda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillari o‘rtasidagi hamjihatlik, hurmat, bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Qarshi davlat universitetida  “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mamlakatimizda millatlararo va dinlararo totuvlik hamda bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan beqiyos islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ushbu sohada olib borilayotgan izchil siyosatning zamirida ochiq va bag‘rikeng, birdam va hamjihat jamiyat ravnaqini ta’minlashdek ezgu maqsad o‘z mujassamini topgan. Tadbir davomida mavzu doirasida ma’ruzalar, shuningdek, yoqimli kuy-qo‘shiqlar tinglandi.