Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan talaba-yoshlar munosib taqdirlandi
19-Noyabr 2024, 04:57
Universitet yangiliklari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan viloyat oliy ta'lim muassasalari talabalari ko'krak nishonlari hamda sport formalari bilan taqdirlandi. Xususan, 18-29-yoshli talabalar o‘rtasida sport sinovlarini ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib gʻolib va sovrindor boʻlgan Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 44 nafar talabalariga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari (guvohnomasi) va sport formalari topshirildi.