Qarshi davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi faoliyati o‘rganildi
Bugun, 11-noyabr kuni, Qarshi davlat universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 316-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini o'rganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashrif buyurdi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan universitetda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyganligi, ayol pedagoglar, xodimalar va talaba-qizlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining mavjudligi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilarining ish rejasi hamda talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyilganlik holatlari batafsil o‘rganildi. Yakunda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati ijobiy baholandi.