Sifatli ta'lim: Endi universitet diplomi xalqaro darajada tan olinadi

12-noyabr 2024
Universitet yangiliklari

2024-yil sentyabr oyida ENQA – Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi a’zoligiga ega “IAAR” mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi Qarshi davlat universitetining ta’lim faoliyati sifati va samaradorligini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligini baholadi.

Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning “60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” bakalavr ta’lim dasturi 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dastur bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi. Ma'lumot o‘rnida, kelgusida Qarshi davlat universitetining boshqa ta'lim yo‘nalishlarini ham xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasini tabriklaymiz!