Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari

12-noyabr 2024
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida Zoologiya kafedrasi tomonidan “Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Anjumanda umurtqasiz va umurtqali hayvonlar faunasini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari, parazititizm, o‘simlik zararkunandalari, biozararlanish va ekologik xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z bordi. 

Konferensiya yalpi majlisida zoolog, biologiya fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi Azimov Jaloliddin Azimovich, Rossiya Federatsiyasi Oltoy davlat universiteti biologiya fanlari doktori, professor Yakovlev Roman Viktorovich, Qozog‘iston Respublikasi Pavlodar pedagogika instituti biologiya fanlari doktori, professor Jumabekova Bibigul Kallibekovna,  Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, biologiya fanlari doktori, professor Abdullayev Ikram Iskandarovich, O’zbekiston zoologlar jamiyati raisi, biologiya fanlari doktori, professor Kuchboyev Abduraxim Ergashevichning ma’ruzalari tinglandi. 

Anjuman sho‘balaridan so‘ng zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilish asoslari yuzasidan muhim tahlil va xulosalar ishlab chiqildi hamda kelgusi amalga oshiriladigan rejarlar belgilab olindi.