Universitet jamoasi musobaqaning respublika bosqichida qatnashadi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Universiada” sport musobaqasining gandbol boʻyicha hududiy bosqich bellashuvlari oʻtkazildi. Yigitlar oʻrtasidagi bahslarda gʻoliblik murabbiylar Kamol Bo'riyev va Botir Salaydinov boshchiligidagi Qarshi davlat universiteti jamoasiga nasib etdi hamda respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti gandbolchilari 2-oʻrinni, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi 3-oʻrinni egalladilar. Qizlar bellashuvida Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi gʻolib sifatida keyingi bosqich yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Qarshi davlat universiteti va TATU Qarshi filiali jamoalari keyingi oʻrinlarni band etdi.