O’zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar
Geografiya va agronomiya fakultetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi Yig’ma axborot tahliliy bo’lim boshlig’i Samadov Xurshid Ravshanovich tomonidan “O’zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi.Ma’ruzachi o’z nutqida so’ngi yillarda mamlakatimizda ekologiya sohasiga qaratilayotgan katta e’tibor haqida gapirdi. Jumladan, dunyo bo’ylab yil sayin ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi, O’zbekiston Respublikasi bu sohada peshqadam davlatlar qatorida ekologik siyosat olib borayotganligi, qabul qilinayotgan Prezident qaror va farmonlari, konsepsiyalar, ayniqsa “Yashil makon” umummilliy loyihasi va ularning ijrosi haqida to’liq ma’lumot berib o’tdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ushbu ma’ruzadan orqali yoshlar ekologiya sohasiga taalluqli muhim ma’lumotlarga ega bo’ldi.