Ta’lim va oila

2-noyabr 2024
Universitet yangiliklari

Tibbiyot  fakultetida “Ta’lim va oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda universitet Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i Sh.Karamova, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Muhammadiyeva, Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari N.Ergasheva, L.Yakubova hamda talaba-qizlar qatnashdi. Tadbirda aytilganidek, inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida, mahalla-kuyda, ta’lim muassasalarida sayqal topadi.