Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!

2-noyabr 2024
Universitet yangiliklari

Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan talabalar o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘ziga xos chellenj o‘tkazilmoqda. Galdagi chellenj Pedagogika, Geografiya va agronomiya hamda Kimyo-biologiya fakultetlarida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Kimyo-biologiya fakultetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida tadbir tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati, asosiy prinsiplari haqida so‘z bordi.  Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimi Sh.Ahmedov korrupsiyaning yuzaga kelish tarixi, mazkur illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar, korrupsiya minimum darajaga tushgan davlatlarda foydalanilgan korrupsiyaga qarshi kurashish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.