Shoirga ehtirom
Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan xalqimiz madaniyati va adabiyotini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ulkan ijodkordir. Hassos shoirning she’r va dostonlarida aks etgan gumanistik falsafiy qarashlar el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egallagan.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan Filologiya fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Boysunov ochib berdi. Tadbirda Filologiya fakulteti, Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Sh.Karamovaning shoir hayot yo‘li va ijodi haqida ma’ruzasi tinglandi. Qoraqalpoq farzandi bo‘lgan Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Ruxshona Farhodova tomonidan shoir ijodidan she’rlar o‘qildi.