Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar – umr zavoli

2-noyabr 2024
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar – umr zavoli” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga viloyat DXX boshqarmasi mas’ul xodimi O.Toshtemirov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari Sh.Sharopov, A.Rashidov taklif etildi. Ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilanganligi, Jinoyat kodeksining 270-276 moddalari bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomila qilganlik uchun jinoiy javobgarlik tayinligi aytilib, ushbu moddalar bilan javobgarlikka tortilgan yoshlar hayotidan amaliy misollar keltirildi.  Shuningdek, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvandlik og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab bo‘layotganligini alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida mavzu doirasida videolavha namoyish etilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.