Yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi
28-Oktabr 2024, 06:26
Universitet yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurib, yangidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 1000 o‘rinli Xorijiy tillar fakulteti o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, vazir mas’ullar hamrohligida o‘quv binosidan o‘rin olgan xitoy, nemis, rus, fransuz tillariga o‘qitish markazlari, ingliz tili dasturlari markazi, Erasmus+ dasturlari ofisi, KOICA markazi, shuningdek, sinxron tarjima o‘quv auditoriyasi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida zamonaviy andozada bunyod etilgan ushbu o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishini alohida e’tirof etdi.