Ta'lim va oila

28-Oktabr 2024, 06:25
Universitet yangiliklari

Xorijiy tillar hamda Iqtisodiyot fakultetlarining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” shiori ostida “Ta'lim va oila” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirga universitetda uzoq yillar faoliyat olib borgan faxriy ustozlar D.Hamrayeva, M.Rahimova va universitet xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig’i Sh.Karamova taklif qilindi. 

Uchrashuvda so‘z olganlar muqaddas sanalmish oila qo‘rg‘onining mustahkam bo‘lishi jamiyatning har bir sohasiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi,  sog‘lom oila a’zolari, xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik, ularning har bir ishi, kayfiyati aynan o‘z oilasidagi muhitga bog‘liqligini ta’kidlashdi. Shuningdek, oilaning jamiyatimizdagi yuksak maqomi, unga berilayotgan katta ahamiyatning bugungi kunimiz uchun qanchalar dolzarbligi xususida so‘z bordi.