Sog'lom turmush tarzi - to'g'ri yashash ramzi

28-Oktabr 2024, 06:16
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida "Sog'lom turmush tarzi - to'g'ri yashash ramzi" mavzusida targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Jumladan, “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida Xorijiy tillar va Tibbiyot fakultetlari talabalari o‘rtasida mini-futbol bellashuvi o‘tkazildi. Qizg‘in ruhda kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida durang natija qayd etildi.  

Shuningdek, Tibbiyot fakultetida "Sog‘lom turmush tarzi - to‘g‘ri yashash ramzi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Davolash ishi va pediatriya kafedrasi o'qituvchisi A.Xolmurodov inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi amaliy misollar orqali tushuntirib berdi. 

Qayd etilganidek, sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shahsiy gigiyenaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, har yili shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va shu kabi boshqa ko‘plab tarkibiy qismlardan iboratdir. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.