Giyohvandlik - umr zavoli
“Asr vabosi” nomini olgan giyohvandlik insonning osuda hayotiga rahna solib, ongini o‘ziga bo‘ysundiruvchi zahri qotildir. Bu shunday qurolki, o‘z domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi va bu jarayonda inson jamiyatdagi o‘rnini yo‘qota boshlaganini anglamay qoladi.
Xorijiy tillar fakultetida tashkil etilgan davra suhbatida yoshlar o‘rtasida avj olayotgan giyohvandlik kasalligining sabablari va oqibatlari hamda uni oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga, o‘zlariga tegishli xulosa qilishlariga ko‘mak beradi.
Tadbirda rektor maslahatchisi A.Jo’rayev, universitet profilaktika inspektori D.Ro'ziyeva hamda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashish bo'limi mutaxassis-xodimlari Sh.Sharopov, A.Rashidov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.