Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish

28-Oktabr 2024, 06:01
Universitet yangiliklari

20-26-oktyabr kunlari Qarshi davlat universitetida A.F.Terpugov nomidagi “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” 23-xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya tashkilotchilari Tomsk davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti, shuningdek, hamkor tashkilotlar - Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi boshqaruv muammolari instituti, N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti, Boku muhandislik universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika institutidir.

Konferensiyaning maqsadi Rossiya va xorijiy universitetlar, akademik va sohaviy ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, manfaatdor korxonalar va tijorat kompaniyalarining to‘plagan tajribalarini umumlashtirish va rivojlantirish, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, matematik modellashtirish, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va boshqa muhim sohalarda eng dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash va  ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Mazkur konferensiya rekord miqdorda – 200 nafardan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi, jumladan, 142 nafar Rossiyadan, 47 nafar O‘zbekistondan, shuningdek, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Avstriya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan qatnashchilardir. Ayni vaqtda anjuman sho‘'balarga bo‘lingan holda davom ettirildi.