Ishga taklif

20-sentabr 2024
E’lonlar

Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

         Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri lavozimiga;

         Boshlang‘ich ta’lim (1), Sanoat muhandisligi (1), Psixologiya (1) kafedrasi professori lavozimiga; 

Jahon tarixi (2), Agrokimyo va ekologiya (2), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), Rang-tasvir va amaliy san’at (2), Musiqa ta’limi (1), Texnologik ta’lim (1), Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari (1), Amaliy matematika (1), Fiziologiya (1), Pedagogika (2) kafedralari dotsenti lavozimiga; 

Falsafa va sotsiologiya (2), O‘zbek tilshunosligi (1), Organik kimyo (2), Nazariy va eksperimental fizika (1), Agrokimyo va ekologiya (1) Jaxon tarixi (1), Geografiya (1), Psixologiya (1) kafedralari (ilmiy darajali) katta o‘qituvchisi lavozimiga; 

Umumiy fizika (1), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1), Musiqa ta’limi (1), Noorganik kimyo (1), Lingvistika (1), Sport faoliyati (1), Amaliy ingliz tili (1),  Fakultetlararo ingliz tili (1) kafedralari katta o‘qituvchisi lavozimiga; 

Organik kimyo (1), Ingliz tili va adabiyoti (1), Sanoat muhandisligi (1), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1), Amaliy ingliz tili (1), Amaliy matematika (1), Noorganik kimyo (1), Davolash va pediateriya ishi (2) kafedralari o‘qituvchi-assistent lavozimiga. 

Algebra va geometriya (2), Falsafa va sotsiologiya (1), Jaxon tarixi (1), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (1), Rang tasvir va amaliy san’at (1), Psixologiya (1), Sanoat muhandisligi (1), Umumiy fizika (1), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1), Jismoniy tarbiya va sport (1), Amaliy ingliz tili (1), Lingvistika (1), Iqtisodiyot (1)  kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga. 

Lavozim uchun malakaviy talablar:

1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari; 

2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;

3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;

2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;

        3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;

4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);

5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

  Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. 

Telefon: (75) 221-02-10,  221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz 

 

Teglar: #Ishga taklif