Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti bitiruvchilariga diplom topshirildi

20-Iyul 2023, 07:29
Universitet yangiliklari

2023 yil 18 iyul kuni Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetining ilk magistr va bakalavr bitiruvchilari hayajonli damlarni boshdan kechirishdi. Qarshi davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan Moskva davlat lingvistika universiteti ilk ikki diplomni qo‘lga kiritgan bakalavrlar, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti rus va ingliz tili yo‘nalishi magistrlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Moskva davlat lingvistika universiteti rektori, professor Krayeva Irina Arkadyevna, O'quv ishlari prorektori, professor Larisa Anatolyevna Petruchak, MDH davlatlari bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Vyacheslav Vladimirovich Konev, ZOOM platforma orqali esa BelDU pedagogika instituti direktori, professor Tarabayeva Viktoriya Borisovna, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mavlonov, Qarshi davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Xolmurodov, Xalqaro ta’lim dasturlari fakultet dekani N.Azizova, Masofaviy ta’lim kafedra mudiri G.Erkayeva, dekan o‘rinbosarlari S.Kenjayeva, S.Shodixonov, o‘qituvchi YE.Milovanova, bitiruvchilar va ularning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi. 

Tadbirda so'z olganlar ikki universitet o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani kelajakda ko‘p muvaffaqiyatlarga olib kelishi, talabalar tanlovi to‘g‘ri ekanligi, yetuk kadrlar yosh avlodni o‘qitishga, xalqiga xizmat qilishi lozimligini ta’kidlab, bitiruvchilarga omad tilashdi. Diplomlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Tantanadagi  xursandchilik barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.