Ochiq eshiklar kuni: talabalar Harbiy aviatsiya institutida

6-May 2025, 10:55
Universitet yangiliklari

Davlatmiz rahbarining 2025-yil 19-fevraldagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-65-son qarorida o‘quvchi va talaba-yoshlarni harbiy kasbga qiziqtirish, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Qarshi davlat universitetining Geografiya va agronomiya fakulteti talabalari Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar institut vakillari hamrohligida ko‘rgazmali qurol-aslahalar, uchish trenajyorlari hamda kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular yotoqxona, oshxona, kutubxona va institutning shonli tarixidan dalolat beruvchi muzeyda bo‘lishdi. Tadbir davomida oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul tartibi, hujjatlarni topshirish jarayoni, test sinovlari hamda harbiy kadrlar tayyorlash tizimi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.