Ochiq muloqot maydoni: talabalar takliflari va muammolari muhokama qilindi
23-Iyun 2026, 12:41
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida talabalarning ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, startap loyihalar, xalqaro dasturlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga doir fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv ochiq savol-javob tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislardan batafsil ma’lumot oldilar. Bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.