Ilmiy kengashlar faoliyatida yangi bosqich
Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy kengashlar raislari, ilmiy kotiblar va ilmiy seminarlar raislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ilmiy kengashlar faoliyatini takomillashtirish, himoya jarayonlari sifati va shaffofligini oshirish, ilmiy natijadorlik hamda mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. PF–98-sonli Farmon ilmiy darajalar berish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, universitet huzuridagi ilmiy kengashlarda jami 121 ta dissertatsiya himoyasi o‘tkazilgani qayd etildi.