Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari boshlandi
Qarshi davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari boshlandi. 22–27-iyun kunlari davom etadigan attestatsiya sinovlari mutaxassislik fanlaridan test, bitiruv malakaviy ishlari, diplom loyihalari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyasi shaklida tashkil etilmoqda. Jarayonlar zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda. Sinov va himoyalar belgilangan grafik asosida veb-platformalar orqali yoritib borilmoqda. Yakuniy davlat attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi nizomlari talablari asosida tashkil etilib, talabalarning bilim va salohiyatini xolis baholash, adolat va jamoatchilik nazoratini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Qarshi davlat universitetida har bir natija bilim, mehnat va adolat mezonlari asosida baholanadi.