QarDU ustozlari O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ldi

23-Iyun 2026, 12:36
Universitet yangiliklari

18–20-iyun kunlari Samarqand shahrida kurash bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq polvonlar turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahslashdi. Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti o‘qituvchilari ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishishdi. Jumladan,
Dilshod Soatov — 75 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempioni;
Bahrom Avazov — 95 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Ushbu yutuq universitet sport salohiyati va ustozlarimizning yuksak mahoratining yana bir yorqin ifodasidir. Qarshi davlat universiteti jamoasi nomidan ustozlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!