Yangi ta’lim yo‘nalishlari: imkoniyatlar va tayyorgarlik o‘rganildi

17-Iyun 2026, 09:30
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab faoliyatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilayotgan Oliy hamshiralik ishi, Stomatologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) magistratura mutaxassisligini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari doirasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan shakllantirilgan ekspertlar guruhi universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ekspertlar tomonidan mazkur ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy jihozlar, auditoriyalar hamda universitetning moddiy-texnik bazasi joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganishlar ta’lim dasturlarining amaldagi davlat talablari va sifat mezonlariga muvofiqligini aniqlash hamda ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi.