Qarshi davlat universiteti magistrantlari Prezident stipendiyasi tanlovi g‘olibi
26-Mart 2026, 09:56
Universitet yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili magistratura bosqichi uchun Prezident stipendiyasi g‘oliblari tasdiqlandi. Quvonarlisi, natijalarga ko‘ra, Qarshi davlat universitetining ikki nafar magistranti stipendiya tanlovi g‘olibi bo‘ldi:
Biologik va turdosh fanlar tanlov yoʻnalishi boʻyicha — Sharipova Sitora Shukrilla qizi
Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) tanlov yoʻnalishi boʻyicha — Samadova Gulzoda Nayim qizi
G‘oliblarimizni tabriklaymiz va ularga yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz!