Zakovat — bilim va tafakkur maydoni!

26-Mart 2026, 09:54
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Zakovat” intellektual musobaqasining 10-turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitet talabalar turar joylaridagi 15 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar savollarga javob berib, mantiqiy fikrlash va tezkorliklarini sinovdan o‘tkazdi. Har bir savol ularni o‘ylashga undadi va haqiqiy intellektual muhit yaratdi. Musobaqa jami 15 turdan iborat bo‘lib, yakunda eng faol va bilimdon jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Intellektual musobaqa davom etmoqda va keyingi turlarda ham qiziqarli bahslar kutmoqda.