“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

26-Mart 2026, 09:50
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilinib, masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Tadbir davomida qashqadaryolik Gulshan Alimardonovaga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, u o‘tgan yil 27–30 noyabr kunlari Misrning Qohira shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, karate WKF yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik ayol sportchiga aylangan edi. Uchrashuv doirasida viloyat hokimi tomonidan sportchi qizga Prezidentimiz sovg‘asi sifatida Qarshidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan ikki xonali uy kaliti tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, avvalroq u Prezidentimiz nomidan avtomashina bilan ham taqdirlangan edi. Shu bilan birga, tadbirda avvalgi uchrashuvlar davomida murojaat qilgan yoshlarning ijobiy yechim topgan masalalari yuzasidan ularga belgilangan tartibda vaucherlar topshirildi.