Proliga 5-apreldan start oladi

25-Fevral 2026, 04:28
Universitet yangiliklari

Yangi mavsumdan boshlab Proligada 14 ta klub ishtirok etadi. Jamoalar 13 ta uy va 13 ta safar uchrashuvida maydonga tushib, jami 26 ta o‘yin o‘tkazadi. Musobaqani mart oyidagi FIFA kunlaridan oldinroq boshlash imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan. Biroq Namangan, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Nukus hamda G‘azalkent shaharlaridagi stadionlarda ta’mirlash va qurilish ishlari davom etayotgani sababli liga 5-apreldan start olishi rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qadar Proliga jamoalari 7 tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Superliga tanaffusga chiqqach esa yana 3 tur o‘yinlari tashkil etiladi. Mavsum taqvimi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin. Ma’lumot uchun, joriy mavsumdan boshlab Qarshi davlat universitetining “Lochin” futbol klubi ham Proliga musobaqalarida ishtirok etadi.