4 ta oltin, 1 ta kumush: QarDU jamoasi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan chempionatda muvaffaqiyat qozondi
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida 12–14 fevral kunlari kattalar o‘rtasida (erkaklar va ayollar) sambo hamda jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 450 dan ortiq sportchi ishtirok etib, g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordi. Chempionat sambo sportini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va terma jamoa zaxirasini mustahkamlashga xizmat qildi. Bellashuvlar tomoshabop ruhda o‘tdi va har bir vazn toifasida munosib g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Sambo assotsiatsiyasi rahbariyati, viloyat sambo assotsiatsiyasi vakillari, Sport boshqarmasi mutasaddilari, murabbiylar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, musobaqada Qarshi davlat universiteti sportchi talabalari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jumladan:
Feruza Boboqulova (65 kg, jangovar sambo) – 1-o‘rin
Moxinur Aralova (80 kg, jangovar sambo) – 1-o‘rin
Farog‘at Nurmamatova (54 kg, jangovar sambo) – 1-o‘rin
Sanjar Ablaqulov (88 kg, sambo) – 1-o‘rin
Muxlisa Turdiyeva (72 kg, sambo) – 2-o‘rin
Chempionat muvaffaqiyatli yakunlanib, universitet sportchilari yutuqlari nafaqat universitet, balki viloyat sport hayotida ham katta iftixor manbai bo‘ldi.