Hult Prize tanlovi o'tkazildi

21-Yanvar 2026, 11:56
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazida Hult Prize 2025–2026 xalqaro ijtimoiy startap tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 6 ta jamoa o‘z innovatsion startap g‘oyalari bilan ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “CARE” jamoasi g‘olib deb topildi. Ma'lumot uchun, jamoa tarkibi Matematika va kompyuter ilmlari, Kimyo-biologiya (magistrant), Iqtisodiyot hamda Fizika fakultetlari talabalaridan iborat. G‘olib jamoani tabriklaymiz va ularning loyihasi respublika hamda xalqaro bosqichlarda universitetimiz sha’nini munosib himoya qilishiga ishonch bildiramiz.