
Mas’uliyatli ota-onalik — sog‘lom jamiyat poydevori
10-Oktabr 2025, 12:04
Universitet yangiliklari
Tarix fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Oksana Rahmonqulova Pediatriya yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirokida “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida ota-onalik mas’uliyati, unga tayyorgarlik jarayoni, ota-onalarning reproduktiv salomatligi, pedagogik va psixologik malakalari, iqtisodiy savodxonligi hamda oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash masalalari yoritildi. Mavzu doirasidagi taqdimotlar orqali talabalar o‘z bilim va tushunchalarini boyitdilar. Tadbir yoshlarni kelgusida mas’uliyatli ota-ona bo‘lishga, oilaviy qadriyatlarni e’zozlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo'ldi.