
Qo‘mondon va yoshlar muloqoti
Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Qo‘mondon va yoshlar” nomli mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich mehmon sifatida qatnashdi. Suhbat davomida yoshlarning bugungi hayoti, ularni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. Qo‘mondon tomonidan berilgan savollarga asosli va batafsil javoblar taqdim etilib, talabalarning dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelajakdagi reja va intilishlari yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, ularning faol ishtiroki e’tirof etildi. Mazkur muloqot yoshlarda mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytirib, Vatanga sadoqat va fidoyilik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.