
QarDU magistranti “Climate education” loyihasida
22-Avgust 2025, 07:43
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti Mikrobiologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti Maxramov Zuxriddin Alisher o‘g‘li 2025-yil 13–18-avgust kunlari Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan “Climate education” xalqaro loyihasida ishtirok etdi. Loyiha Teach for Kyrgyzstan, Teach for Kazakhstan va Teach for Uzbekistan tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilib, Markaziy Osiyoda iqlim bo‘yicha yetakchilikni mustahkamlash hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zlagan. Mazkur tashabbus iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan umumiy muammolarni yengib o‘tishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.