Xayriya hashari: Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

22-Avgust 2025, 07:46
Universitet yangiliklari

Xalqimizda azaldan ezgu qadriyatlardan biri hisoblangan hashar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Birdamlik, mehr-oqibat va saxovatni ifoda etuvchi ushbu an’ana Mustaqillik bayrami arafasida umumxalq xayriya hashari shaklida o‘tkazilib kelmoqda. Joriy yil ham 22–23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab hasharlar tashkil etilmoqda. Unda mahallalar, aholi punktlari va ziyoratgohlar obodonlashtirilib, ehtiyojmand aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Qarshi davlat universiteti jamoasi ham oliygoh hududini obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.