Fakultetlarda “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

6-Sentabr 2025, 09:25
Universitet yangiliklari

Yangi o‘quv yilining ilk kunlari “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. San’atshunoslik, Kimyo-biologiya, Xorijiy tillar, Fizika va Iqtisodiyot fakultetlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Qarshi davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ahmedov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Ravshanov ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarda “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?” risolasi asosiy manba sifatida o‘qitildi. Shuningdek, qatag‘on qurbonlari xotirasi, jadidlar merosi va istiqlol g‘oyalari haqida suhbatlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar talabalarni milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatan ravnaqi uchun fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.