QarDU talabasi JINRda xalqaro amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi

11-Avgust 2025, 07:52
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Fizika fakulteti 4-kurs talabasi Hikmat To‘raqulov 2025-yil fevral-aprel oylarida Rossiyaning Dubna shahridagi Birlashgan yadroviy tadqiqotlar institutida (JINR) 8 haftalik STAR dasturi bo‘yicha 4000 dollarlik to‘liq grant asosida xalqaro amaliyot o‘tdi. Amaliyot davomida u eksperimental fizika, ma’lumotlarni tahlil qilish va ilg‘or laboratoriya texnikasi bo‘yicha tajriba orttirdi, JINR olimlari bilan ilmiy loyihalarda ishladi va scopus bazasidagi jurnallar uchun maqola tayyorladi. Shuningdek, turli mamlakat olimlari ishtirokidagi seminar va munozaralarda qatnashdi. Ushbu tajriba uning kasbiy salohiyatini oshirib, QarDU va JINR o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.