Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi

15-Iyul 2025, 05:09
Universitet yangiliklari

14-iyuldan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi. Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi test sinovlari 3 ta manzilda joylashgan 6 ta binoda bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, bugun kun davomida 6360 nafar abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etmoqda. Jumladan, test sinovlari o‘tkazilayotgan Qarshi davlat universiteti Sport sog‘lomlashtirish majmuasi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta'lim muassasasi tomonidan hozirlangan salqin kutish joylarida ota-onalar monitorlar orqali farzandlarini imtihonlardagi ishtirokini katta hayajon bilan kuzatishmoqda. Oliygoh volontyorlar jamoasi esa ota-onalarga kirish test jarayonlari, imkoniyat va imtiyozlar haqida ma'lumotlar bermoqda. Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni https://test2025.uz/Qashqadaryo/70 havolasi orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.