
“Jahonni ibrat-laa zabt etamiz!” – intellektual bellashuvi
20-Mart 2025, 06:10
Universitet yangiliklari
Qashqadaryo viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida ilmga chanqoq 18-30 yoshgacha bo’lgan kitobsevar yoshlar ishtirokida ilk bor “Ibrat farzandlari” va “Mutolaa” loyihalari asosida “Jahonni ibrat-laa zabt etamiz!” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Qarshi davlat universitetining talaba-yoshlari o'rtasida 5 ta shart bo'yicha bo'lib o'tgan bellashuvda – yoshlar bilim, kreativ fikrlash va intellektual qobiliyatlarini sinovdan o’tkazish imkoniyatiga ega bo'lishdi.