
Muborak tumanida "Ziyolilar bog'i" tashkil qilindi
20-Mart 2025, 06:09
Universitet yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Muborak tumani hokimligi hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil qilindi. Ushbu ezgu tadbirda Qarshi davlat universiteti rahbariyati, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, "Yosh ekopatrul" volontyorlar guruhi a’zolari faol ishtirok etdi. Loyiha doirasida tuman iqlimiga mos 300 tup sharq tuyasi, 200 tup qayragʻoch, 500 tup shumtol kabi daraxt ko‘chatlari ekildi. Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Bugun ekilgan nihollar, kelajakda unib-o‘sib tuman hududiga ko‘rk bag‘ishlashi bilan bir qatorda, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi.