Qarshi davlat universitetida fransiyalik mutaxassis ish boshladi
Dunyoning top mingtalik reytinglarida yetakchi o‘rinlarni egallaydigan Fransiyaning nufuzli Bordo III universiteti (Bordeaux-III University, Michel de Montaigne) bitiruvchisi, FLE (French Foreign Language) mutaxassisi, DELF-DALF A1, A2, B1, B2, C1, C2 chet tili bilish darajasi bo'yicha ekzaminator-korrektor Filip Lyusi Rene (Philip Lucie Renee) xonim 2024-yilning 18-dekabr sanasidan Qarshi davlat universiteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasida asosiy o‘qituvchi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Kelgusida ushbu hamkorlik doirasida Filip Lyusi Rene xonim bilan bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bunda Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan FLE (French Foreign Language)ni o‘qitishda qo‘llaniladigan yangicha yondashuv ya’ni meditatsiya mashg‘ulotlari va neyrolingvistik usullar orqali tilni tez va oson o‘rgatish metodikasini qo'llash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Filip Lyusi Rene xonim tomonidan Qarshi davlat universiteti qoshidagi “Institut Français de Karshi” til markazida qator yo‘nalishlar (Junior French, French+Tourism, French+Law, French+Medicine, French+Hotel, Gid–tarjimonlik, Xalqaro DELF-DALF darajalariga tayyorlov) bo‘yicha til o‘rganish kurslari ham tashkil etiladi.