Yoshlar – sog‘lom hayot tarafdori

14-Yanvar 2025, 09:02
Universitet yangiliklari

Spirtli ichimliklar, tarkibida nikotin moddasi bo‘lgan mahsulotlar, giyohvandlik va boshqa psixofaol moddalar iste’moli inson sog‘lig‘i va uning yon atrofidagilar uchun chinakam xavfdir. Negaki, shu kabi mahsulotlar iste’moli ta’sirida inson nima qilayotganligini bilmaydi. Natijada huquqbuzarliklar, jinoyatlar, baxtsiz hodisalar, zo‘ravonlik sodir bo‘ladi. Bu esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Hozirda ana shunday xavfni oldini olish bo‘yicha yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida bo'lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham ko'plab targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Jumladan, bugun Xorijiy tillar hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlari talabalari ishtirokida “Yoshlar – sog‘lom hayot tarafdori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ta’kidlanganidek, tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarida yoshlarni psixofaol hamda giyohvandlik vositalari kabi tahdidlardan himoya qilish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsad qilingan.