
"Besh tashabbus olimpiadasi" respublika final bosqichi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi yakunlandi. Bellashuvlar sportning mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar yoshlar ishtirok etdi. Bugun barcha gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, medallar va kuboklar topshirildi.Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar ushbu olimpiada jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar. Sport musobaqalarining barcha natijalari ushbu havolada