Alisher Navoiy ijodi - milliy ma’naviy xazinamiz

10-Fevral 2025, 05:22
Universitet yangiliklari

Matematika va kompyuter ilmlari hamda Xorijiy tillar fakulteti dekan o’rinbosarlari A.Jo’rayev, X.Muratov, Yoshlar bilan ishlash bo’limi tyutorlari hamda talabalar ishtirokida buyuk mutafakkir, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy ijodi - milliy ma’naviy xazinamiz” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Bayram tadbirida universitetning Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, dotsent Sh.Akramov Alisher Navoiy ijodi haqida ma’ruza qildi. Talabalar tomonidan Alisher Navoiy bobomizning g‘azal va ruboiylaridan namunalar aytilib, asarlari asosida kichik sahna ko‘rinishlari hamda shoir g’azallaridan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Bu kabi badiiy kechalar, Navoiy bobomiz asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.