![](/uploads/2025/02/10/img_10022025_060941.jpg)
Alisher Navoiy va Bobur merosi — beqiyos ma'naviy xazinadir
Hazrat mir Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Harbiy aviatsiya institutida tadbir tashkil etildi. Unda so'z olganlar ulug' mutafakkirlarning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishini ta'kidlab o'tishdi. Ma'rifiy tadbirda sahna ko'rinishlari bilan ikki buyuk siymoning hayoti va ijodi jonli aks ettirildi. Ijro etilgan she'riy chiqishlar, raqs hamda kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga estetik zavq va madaniy hordiq baxsh etdi. Tadbir so'ngida instituti rahbariyati tomonidan tadbirda jonbozlik ko'rsatgan ishtirokchilarga estalik sovgʻalari topshirildi. Adabiy-badiiy musiqiy kechada Qarshi davlat universiteti Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, dotsent Sh.Akramov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.