Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olinmoqda

30-Noyabr 2024, 10:14
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, talabalar turar-joyi va o‘quv binolarida isitish tizimi barqarorligini ta’minlash, talabalar yashash sharoitining muntazam nazorati bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 27-28-noyabr kunlari universitet profilaktika inspektori D.Ro’ziyeva, Tarix fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi O.Rahmonqulova, Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori J.Karamov ijara xonadonlarida yashaydigan fakultet talabalari holidan xabar oldilar. Ular istiqomat qilayotgan xonadonda issiqlik holati, dars tayyorlash uchun yaratilgan qulayliklar hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Xonadon egalari va fakultet mas’ullari doimiy o‘zaro aloqada bog‘lanib turishga kelishib olindi.